Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Vasiylik va homiylik masalalari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Aholi bandligini ta’minlash – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Kambag‘allikdan chiqarish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰E’tibor va g‘amxo‘rlik – inson qadrining amaliy ifodasi
янв.21
🔽Sifatli tibbiy xizmat – aholi salomatligi kafolati
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Yoshlar bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Saylovchilar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati – deputatlar e’tiborida
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev tomonidan tumanning “Achchisay” mahallasida joylashgan 29-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi.

🔵O‘rganish jarayonida ta’lim muassasasidagi qozonxona va isitish tizimi soz holda ekanligi ma’lum qilindi. Isitish tizimlarining texnik holati ko‘rib chiqilib, ulardan kuz-qish mavsumi davomida samarali va xavfsiz foydalanish imkoniyati mavjudligi qayd etildi.

🔵Shuningdek, maktabning isitish tizimida foydalaniladigan asosiy yoqilg‘i turi bo‘lgan ko‘mir zaxirasi yaratilgani ma’lum qilindi. Bu esa havo harorati pasaygan davrda ta’lim jarayonini uzluksiz tashkil etish va o‘quv xonalarida me’yoriy haroratni ta’minlash uchun muhim omil hisoblanadi.

🔵Deputat tomonidan kuz-qish mavsumi davomida qozonxona va isitish tizimlarining texnik holatini muntazam nazorat qilib borish, mavjud yoqilg‘i zaxirasidan samarali foydalanish, shuningdek, favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2