Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Vasiylik va homiylik masalalari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Aholi bandligini ta’minlash – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Kambag‘allikdan chiqarish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰E’tibor va g‘amxo‘rlik – inson qadrining amaliy ifodasi
янв.21
🔽Sifatli tibbiy xizmat – aholi salomatligi kafolati
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Yoshlar bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Saylovchilar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati – deputatlar e’tiborida
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov tomonidan tumanning “G‘azalkent” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

🔵Fuqarolar tomonidan chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatida ayrim holatlarda uzilishlar kuzatilayotgani, bu esa aholi yashash hududlarida sanitariya va obodonlik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidlandi. Shu munosabat bilan chiqindilarni belgilangan grafik asosida muntazam olib chiqib ketish, chiqindi to‘planadigan hududlarni tartibga keltirish hamda sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish so‘raldi.

🔵Shuningdek, fuqarolar mahalladagi ayrim ichki yo‘llarning ta’mirtalab holga kelib qolgani, yog‘ingarchilik mavsumida harakatlanish yanada qiyinlashayotganini bildirib, yo‘llarni ta’mirlash va obodonlashtirish masalasida amaliy yordam so‘radilar.

🔵Deputat har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilar bilan birgalikda ish olib borish, muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularning qonuniy yechimini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishini ma’lum qildi. Qabul yakunida murojaatlarni tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish, ijrosini nazoratga olish hamda fuqarolarga murojaatlari natijasi bo‘yicha belgilangan tartibda ma’lumot berish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab qo‘yildi.

Slide 1 of 1