Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Vasiylik va homiylik masalalari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Aholi bandligini ta’minlash – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Kambag‘allikdan chiqarish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰E’tibor va g‘amxo‘rlik – inson qadrining amaliy ifodasi
янв.21
🔽Sifatli tibbiy xizmat – aholi salomatligi kafolati
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Yoshlar bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Saylovchilar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati – deputatlar e’tiborida
📌 DEPUTAT MAHALLA YETTILIGI HISOBOTINI ESHITDI VA SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilingan “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning mahalla yettiligi bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalla darajasida ijro intizomi va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.

Hisobot yig‘ilishi va muloqotda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov hamda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 19-“Xidirsho” saylov okrugidan saylangan deputati Qurbaniyazov Yusup Xolmuminovich hamda kotibiyat bosh mutaxassisi I.Roziqovlar ishtirok etdi.

🏛 MAHALLA YETTILIGI HISOBOTI ESHITILDI

Tadbir davomida “Xidirsho” MFY mahalla yettiligi a’zolarining amalga oshirgan ishlari, faoliyat natijalari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalari yuzasidan axborotlari eshitildi.

Xususan, mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi va ijtimoiy xodim tomonidan mahallada aholi bilan ishlash, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, ijtimoiy masalalarni hal etish, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

·📈 Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish: Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash borasidagi ko‘rsatkichlar;
·🤝 Ijtimoiy himoya: Kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarga manzilli yordam ko‘rsatish, “Ijtimoiy daftar”lar bilan ishlash tizimi;

🗣 SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT VA MUROJAATLAR

Hisobot yig‘ilishidan so‘ng deputatlar A.Oripov va Yu.Qurbaniyazovlar saylovchilar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda mahalla aholisi tomonidan hududidagi dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalar va infratuzilma muammolari atroflicha o‘rtaga tashlandi.

Muloqot yakunida:

·🔹 Aholi bildirgan murojaatlarni chuqur o‘rganish va bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasi belgilandi;
·📬 Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar bo‘yicha tegishli mas’ul korxona va tashkilotlarga deputatlik so‘rovnomalari yuborilishi ta’kidlandi;
·🔎 Murojaatlarning ijrosi deputat va mahalla faollari tomonidan qat’iy nazoratga olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 11