Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Vasiylik va homiylik masalalari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Aholi bandligini ta’minlash – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Kambag‘allikdan chiqarish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰E’tibor va g‘amxo‘rlik – inson qadrining amaliy ifodasi
янв.21
🔽Sifatli tibbiy xizmat – aholi salomatligi kafolati
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Yoshlar bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Saylovchilar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati – deputatlar e’tiborida
QONUN O‘RGANILDI

QONUN O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati B. Jabborov hamda Qo‘shko‘pir tuman IIB JXX HPB inspektori, katta leytenant B. Sadullayev tomonidan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Qo‘shko‘pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilar o‘rtasida voyaga yetmaganlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, nazoratsizlik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 29-sentabrdagi O‘RQ-263-son “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, o‘quvchilar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Mazkur yo‘nalishdagi deputatlik nazorati voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, yosh avlodning huquqiy ongi va fuqarolik mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1