YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati E.Babayev tomonidan “Mustaqillik” va “Yangi Hayot” mahallalarida istiqomat qiluvchi sportchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning iqtidor va qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, yoshlarning taklif va fikrlari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni o‘rganish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.