Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
#Savolnoma_asosida #24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining vakolatlari va ijro intizomini ta’minlash, shuningdek, mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish borasidagi topshiriqlar ijrosi yuzasidan navbatdagi deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

📌 O‘rganish maqsadi va vazifalari

Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — “Olmazor” mahalla fuqarolar yig‘inidagi xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi hamda “Mahalla yettiligi” tizimidagi o‘zaro hamkorlik darajasini maxsus savolnoma asosida har tomonlama o‘rganishdan iborat.

O‘rganishlar davomida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va oilaviy ajrimlarning oldini olish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar hujjatlar va amaliy jarayonlar kesimida tahlil qilindi.

🏛 O‘rganish ishlarida ishtirok etgan mas’ullar

📌 Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 18-“Olmazor” saylov okrugidan saylangan deputat Xurram Ziyatovich Xo‘jaqulov tomonidan “Olmazor” mahallasida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

📋 Amalga oshirilgan ishlar va natijalar

Tadbir davomida soha bo‘yicha yuritilayotgan hisobotlar, “Xotin-qizlar daftari” bilan ishlash tartibi va mahalla xotin-qizlarining murojaatlarini hal etish mexanizmlari sinchiklab ko‘zdan kechirildi. Maxsus savolnomaga asosan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, amaliy yordam ko‘rsatildi. Deputatlar tomonidan sohadagi ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha doimiy va tizimli nazorat o‘rnatilishi belgilab olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3