Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
“Ilg‘or” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi

“Ilg‘or” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi R. Isakov hamda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, viloyat Kengashi deputati I. Atabayev ishtirokida “Ilg‘or” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi va yig‘ilish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida “mahalla yettiligi” a’zolarining o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishi, aholi bilan ishlash tizimi, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, mahalladagi mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish borasidagi faoliyatiga e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish davomida mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar bilan ishlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalarga ko‘maklashish hamda hududdagi muammolarni manzilli hal etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, “mahalla yettiligi” a’zolarining o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish, har bir yo‘nalish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va aholi bilan ochiq muloqotni muntazam yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashildi.

Yig‘ilish yakunida mahallada mavjud muammolarni chuqur o‘rganish, fuqarolar murojaatlariga amaliy yechim topish hamda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6