Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILIB, MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH CHORALARI BELGILANDI

FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILIB, MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH CHORALARI BELGILANDI

Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi tomonidan tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq aholi murojaatlarini o‘rganish, hududlarda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi deputatlari B. Umarov va Q.Abdullayev, Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi kotibiyati mudiri T. Gapparov hamda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N.Ubaydullayev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Namangan shahridagi “Nurafshon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganishlar davomida mahalla aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, fuqarolarning kommunal xizmatlar, yo‘l va infratuzilma, obodonlashtirish, bandlik, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi. Har bir murojaat mazmunan ko‘rib chiqilib, ularni hal etishning huquqiy va amaliy mexanizmlari bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, o‘rganish jarayonida aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilot va idoralar ishtirokida aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar bo‘yicha tegishli mutasaddilarga deputatlik nazorati asosida vazifalar yuklatildi hamda ularning ijrosi nazoratga olindi.

Ta’kidlanganidek, bunday o‘rganishlar fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyida hal etish, davlat organlari va aholi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda deputatlik nazoratining ta’sirchanligini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5