Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
SESSIYA OLDI O‘RGANISH ISHLARI O‘TKAZILDI

SESSIYA OLDI O‘RGANISH ISHLARI O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi kotibiyati mudiri T.Gapparov, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N. Ubaydullayev hamda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Sh.Sodiqov ishtirokida xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan Namangan shahar tibbiyot birlashmasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida tibbiyot birlashmasining 2026-yil birinchi yarim yilligida aholi salomatligini muhofaza qilish, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini takomillashtirish, profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish, tibbiyot muassasalari faoliyatini rivojlantirish hamda sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, tibbiyot birlashmasi faoliyatining bugungi holati, mavjud muammo va kamchiliklar, ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mas’ul rahbarlarning axborotlari tinglanib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda tizim faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha tayyorlangan tahliliy xulosalar va takliflar xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida muhokama qilinishi belgilangan.

Slide 1 of 5