Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N.Ubaydullayev, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputatlari O.Yusupov hamda Zayniddin Xoji-akbar bilan birgalikda "Sumalak guzari" mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan mahallada kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, daromadli mehnat bilan qamrab olish hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, davlat dasturlari doirasida ajratilayotgan imtiyozli kredit va subsidiyalardan samarali foydalanish holati yuzasidan mas'ullar axboroti tinglandi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalar ijrosini jadallashtirish hamda faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 5