Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
Deputat va pedagoglar muloqoti: ta’limdagi islohotlar va e’tirof

Ta’lim sifati va yosh avlod tarbiyasi bevosita ustoz va murabbiylarning fidokorona mehnati bilan chambarchas bog‘liq. Shu bois pedagoglar bilan ochiq muloqot qilish, ularning fikr va takliflarini tinglash hamda mehnatini munosib e’tirof etish muhim ahamiyat kasb etadi.

Fuqarolar bilan ochiq muloqotdan so‘ng, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati R. Astanaqulova, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D. Normuradova hamda Kengashning 12-“Saxovat” saylov okrugi deputati X. Jurayevlar “Tinchlik” mahallasidagi 22-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida maktab pedagoglari bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ustozlarning sharafli va mas’uliyatli mehnati alohida e’tirof etildi.

Suhbat davomida mamlakatimizda ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘qituvchi va pedagoglarning jamiyatdagi nufuzi hamda mavqeyini yuksaltirish, ular uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, pedagoglarga yaratilayotgan imkoniyat va berilayotgan imtiyozlar, ta’lim sifatini oshirish, yosh avlodga zamonaviy bilim va puxta tarbiya berishda ustozlarning muhim o‘rni haqida so‘z yuritildi.

Deputatlar maktab jamoasini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etib, ularning fidokorona mehnati uchun minnatdorlik bildirdilar.

Zero, bugungi ustoz mehnati — ertangi avlod kamolotining mustahkam poydevoridir!

Slide 1 of 3