Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
IJTIMOIY EHTIYOJMAND FUQAROLARGA KO‘RSATILAYOTGAN YORDAM O‘RGANILDI

IJTIMOIY EHTIYOJMAND FUQAROLARGA KO‘RSATILAYOTGAN YORDAM O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi S. Nazarov tomonidan 13-Mehnatobod saylov okrugi deputati N. Ilmurodova saylangan Navro‘z MFY hududiga chiqib, mahalladagi ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar”ning 5-bandi ijrosi yuzasidan mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, shuningdek, ijtimoiy yordamlarning manzilliligi va samaradorligiga e’tibor qaratildi.

Jumladan, Navro‘z MFY fuqarosi Po‘latova Dilafro‘zning xonadoniga tashrif buyurilib, uning Ijtimoiy reyestrda mavjudligi, II guruh nogironligi, shuningdek, imtiyozli kredit va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanganligi holati o‘rganildi.

Shuningdek, Nurafshon ko‘chasida istiqomat qiluvchi Po‘latova Baxtigulning ham xonadoniga tashrif buyurilib, Ijtimoiy reyestrdagi holati, II guruh nogironligi, imtiyozli kredit olganligi hamda oziq-ovqat va kiyim-kechak ko‘rinishida ijtimoiy yordamlar bilan ta’minlanganligi o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida fuqarolar bilan bevosita suhbatlashilib, ko‘rsatilgan ijtimoiy xizmat va yordamlarning ularning ehtiyojlariga mosligi hamda mavjud muammolari tinglandi. Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, ijtimoiy xizmatlarning manzilli va sifatli ko‘rsatilishi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 2