Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔰Xotin-qizlar faoli faoliyati va muammolari o‘rganildi
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari o‘rganildi
янв.21
🔰Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish masalalari – doimiy komissiya e’tiborida
янв.21
🔰Saylovchilar murojaatlari va takliflari – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Ekspert guruhi faoliyati: masalalar tahlil va muhokama qilindi
янв.21
🔰Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari muhokama qilindi
янв.21
🔰Yoshlar – intellektual salohiyat va tashabbuslar tayanchi
янв.21
📢 E’LON! 🤝 Rahbar va yoshlar uchrashuvi.
янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Vasiylik va homiylik masalalari – deputatlar e’tiborida
“ISMO” chevarchilik ishlab chiqarish sexi faoliyati o‘rganildi

“ISMO” chevarchilik ishlab chiqarish sexi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi R. Isakov boshchiligida Zarafshon mahallasida joylashgan “ISMO” chevarchilik ishlab chiqarish sexi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganishda Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri 

N. Ubaydullayev, deputatlar A. Rahmatulloyev, I. Kamalov hamda kotibiyat bosh mutaxassislari ishtirok etdi.

Tashrif davomida korxonada tikuvchilik va chevarchilik yo‘nalishida olib borilayotgan ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy tikuv uskunalarining ishlash holati hamda tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish bosqichlari bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, 

ishchi-xodimlar, xususan, xotin-qizlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari, xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi va ishlab chiqarish samaradorligi o‘rganildi.

Korxonada kiyim-kechak mahsulotlarini tayyorlash, buyurtmalar asosida mahsulot ishlab chiqarish hamda mahalliy aholini, ayniqsa, xotin-qizlarni doimiy ish bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar e’tirof etildi.

Muloqot davomida ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, yangi turdagi tikuvchilik mahsulotlarini yo‘lga qo‘yish, eksportbop mahsulotlar ulushini oshirish hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha korxona faoliyatini yanada rivojlantirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish va xodimlar uchun yanada qulay mehnat sharoitlarini yaratish yuzasidan tegishli tavsiya hamda takliflar bildirildi.

Slide 1 of 8