Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#24_ta_masala

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: “Obod yurt” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi

Bandixon tumanida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allik darajasini qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini baholash maqsadida tizimli deputatlik nazorati choralari ko‘rilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov 12-“Obod yurt” saylov okrugi deputati N.Allamuratovaga biriktirilgan hududda bo‘lib, “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida mahalla hokim yordamchisining ish faoliyatini o‘rgandi.

Monitoring jarayonida elektron axborot tizimlaridagi ma’lumotlarning amaldagi holatga muvofiqligi, yangi ish o‘rinlari yaratish parametrlari, fuqarolarga ajratilayotgan imtiyozli kredit va subsidiyalarning samaradorligi atroflicha ko‘rib chiqildi.

O‘rganishlar yakunida mahalladagi mavjud imkoniyatlarni to‘liq safarbar qilish, aholi daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ul xodimga tegishli vazifalar yuklatildi.

Slide 1 of 2