Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi

17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi raisi R. Meliqo‘ziev Furqat tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, maktabda jami 576 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Shundan 262 nafari 1–4-sinf, 314 nafari 5–11-sinf o‘quvchilarini tashkil etadi. Ta’lim jarayoniga 54 nafar o‘qituvchi jalb etilgan bo‘lib, ularning barchasi oliy ma’lumotli.

Shuningdek, maktabda 1 nafar magistr darajasiga ega, 18 nafar o‘qituvchi milliy va xalqaro sertifikatlarga ega ekanligi qayd etildi.

2026 yilgi 11-sinf bitiruvchilari 22 nafarni tashkil etib, ulardan 3 nafari oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan.

Tashrif davomida maktab maslaxatchisi O. A’zamova bilan ham suhbat o‘tkazilib, o‘quvchilar bilan ishlash, ularning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish, kasbga yo‘naltirish hamda kelgusida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar yuzasidan kelishib olindi.

O‘quvchilarning ta’lim olishi, kasbiy yo‘nalishini belgilashi va kelajakda o‘z o‘rnini topishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalari e’tibor markazida.

Slide 1 of 1