Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
“PEDAGOGNING MAQOMI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILMOQDA

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati M.Qo'ldoshev tomonidan “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-901-son talablarining hududdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ijro etilishi savolnoma asosida o‘rganilmoqda. Qonun 2024-yil 1-fevralda qabul qilingan bo‘lib, pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari va kasbiy faoliyatining asosiy kafolatlarini belgilaydi.

O‘rganish davomida DMTTlarda faoliyat yuritayotgan pedagoglarning mehnat va kasbiy faoliyati uchun yaratilgan shart-sharoitlar, huquq va manfaatlarining ta’minlanishi, pedagogik faoliyatga qonunga xilof ravishda aralashish holatlarining oldini olish, kasbiy majburiyatlariga taalluqli bo‘lmagan ishlarga jalb etilmasligi hamda qonunda belgilangan boshqa kafolatlarning amalda ta’minlanishiga e’tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, pedagoglarning o‘z kasbiy faoliyatini samarali amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilganligi, ularning huquq va majburiyatlariga rioya etilishi hamda mehnat faoliyati bilan bog‘liq masalalar o‘rganilmoqda. Qonunda pedagogning kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish va uni ma’muriy tarzda mehnatga majburlashga yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan.

📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchilik va muammolar yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi, zarur hollarda mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi hamda masala Kengashning tegishli doimiy komissiyasida muhokama qilinishi ko‘zda tutilmoqda.

Slide 1 of 2