Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
Deputat hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati Y.Safarov tomonidan saylov hududida hokim yordamchisi faoliyati deputatlik nazorati tartibida joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida "Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. Xususan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni daromadli mehnat bilan band etish, imtiyozli moliyaviy ko‘maklardan samarali foydalanish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, hokim yordamchisi tomonidan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, oilaviy biznes loyihalarini shakllantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amaliy natijalari muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha manzilli ishlarni kuchaytirish hamda aniqlangan ayrim masalalarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.