Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
OLMAZOR TUMANIDA TURIZM KO‘CHALARINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA O‘RGANISH O‘TKAZILDI
 OLMAZOR TUMANIDA TURIZM KO‘CHALARINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA O‘RGANISH O‘TKAZILDI

📍 Olmazor tumanida hududlarning turistik jozibadorligini oshirish, aholi va mehmonlar uchun qulay hamda zamonaviy shahar muhitini yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

⚡️Xususan, Olmazor tumani hokimi K. Tulyaganov, tuman prokurori A. Axunov, Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Sh. Umarxodjayeva va okrug deputati N. Kamolova hamda boshqa mas’ul xizmatlar rahbarlari ishtirokida tumandagi Farobiy va Saqichmon ko‘chalarini tunu kun — 24/7 faoliyat yurituvchi turizm ko‘chalariga aylantirish loyihasi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.

➡️ Shuningdek, ayni vaqtda obodonlashtirish va infratuzilma ishlari amalga oshirilayotgan Sag‘bon ko‘chasidagi jarayonlar ham joyiga chiqib o‘rganildi.

🔹 O‘rganish davomida turistlar hamda aholi uchun qulay tunu kun sayr hududlarini tashkil etish;
🔹 yo‘l infratuzilmasining mavjud holatini yaxshilash;
🔹 piyodalar va transport vositalari harakati xavfsizligini ta’minlash;
🔹 hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish;
🔹 ko‘chalarga milliy va zamonaviy uslub uyg‘unligini aks ettiruvchi yangi qiyofa berish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🌿 Mazkur yo‘nalishdagi ishlarning asosiy maqsadi — Olmazor tumanining turistik salohiyatini oshirish, aholi va mehmonlar uchun qulay, xavfsiz, obod hamda zamonaviy shahar muhitini shakllantirishdan iborat.

🏛 Hududlarni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash va aholi uchun munosib sharoitlar yaratish borasidagi ishlar mas’ullar tomonidan doimiy nazorat va o‘rganishlar asosida davom ettiriladi.
Slide 1 of 10