Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati O'.Tojiyeva tomonidan saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar va mahallalardagi o‘rganishlar davomida aniqlangan muammo yuzasidan navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Saylovchilar bilan uchrashuvlar davomida Qo‘qon shahar Nurafshon mahallasi, Firdavsiy ko‘chasi, 16-uyda yashovchi fuqaro S.Mirzaqandova tomonidan bepul (imtiyozli) dori-darmon vositalarini olishda hamda ularni uzluksiz ta’minlashda yuzaga kelayotgan muammolar ko‘tarildi.

Mazkur masalani o‘rganish va amaliy yechim topish maqsadida deputat tomonidan Qo‘qon shahar Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i K.Sirojiddinovga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida fuqaro S.Mirzaqandovani zarur bepul dori-darmon vositalari bilan ta’minlash, unga biriktirilgan oilaviy poliklinika orqali dori vositalarini ajratish muddatlariga aniqlik kiritish, shuningdek, fuqaroning dispanser nazoratidagi holatini va unga ajratilishi lozim bo‘lgan dori-darmonlar ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar rejasini taqdim etish so‘ralgan.

Shuningdek, so‘rovda mavjud muammoni ijobiy hal etish, amaldagi qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlar talablaridan kelib chiqib, ehtiyojmand fuqaroni zarur dori vositalari bilan to‘liq va uzluksiz ta’minlash choralarini ko‘rish hamda bu borada asoslantirilgan tushuntirish berish so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, deputatlik so‘roviga qonunchilikda belgilangan muddatda javob taqdim etilishi hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tegishli ma’lumotlar olinishi nazorat qilinadi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2