Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
«Toza shahrim — obod shahrim» mavzusida jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputatlari X.Nazarova, X.Abdullayev, N.Shomatov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qo‘qon shahar Kengashi raisi A.Akbarov hamkorligida Qo‘qon shahrida «Toza shahrim — obod shahrim» mavzusida jamoatchilik eshituvi tashkil etildi.

Tadbir davomida Qo‘qon shahridagi ekologik holat, atrof-muhitni muhofaza qilish, hududlarning obodonligi va sanitariya tozaligi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish, shahar hududlarida tozalikni ta’minlash va ekologik madaniyatni yanada yuksaltirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Jamoatchilik eshituvida fuqarolarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ekologik muammolarni hal etishda jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Tadbirda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasining Qo‘qon shahar bo‘limi, “Toza hudud” unitar korxonasi, Obodonlashtirish boshqarmasi, “Nuroniylar” jamg‘armasi, “Mahalla yettiligi” a’zolari hamda faol blogerlar ishtirok etdi.

Yakunda shahar hududida tozalik va obodonlashtirish ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish, aniqlangan muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish hamda ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 8