Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Vasiylik va homiylik masalalari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Aholi bandligini ta’minlash – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Kambag‘allikdan chiqarish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰E’tibor va g‘amxo‘rlik – inson qadrining amaliy ifodasi
янв.21
🔽Sifatli tibbiy xizmat – aholi salomatligi kafolati
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Yoshlar bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Saylovchilar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati – deputatlar e’tiborida
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati N.Hamidova tomonidan Sardoba tumani Quyutosh mahallasida joylashgan 21-maktab o‘quvchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida bitiruvchi yoshlarning ta’lim olishi, darslarga davomati, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari hamda maktabda ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar muhokama qilindi.
Muloqotda mahalla nuroniysi va mahalla xotin-qizlar faoli ham ishtirok etib, yoshlarni ma’naviy-ma'rifiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va kelajakdagi maqsadlarini belgilash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Suhbat jarayonida o‘quvchilarga bilim olishga mas’uliyat bilan yondashish, kitobxonlik madaniyatini oshirish, odob-axloq qoidalariga rioya qilish, kasb-hunar va oliy ta’lim yo‘nalishini to‘g‘ri tanlash hamda kirish imtihonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Shuningdek, bitiruvchilarning taklif va mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha fikr almashildi. Yoshlarning ta’lim olishi, kasb egallashi va o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish muhimligi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida maktab, mahalla va ota-onalar hamkorligini yana-da mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik, mehnatsevarlik va yuksak ma’naviy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi ishlarni izchil davom ettirish zarurligi qayd etildi.

Slide 1 of 3