Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Vasiylik va homiylik masalalari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Aholi bandligini ta’minlash – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Kambag‘allikdan chiqarish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰E’tibor va g‘amxo‘rlik – inson qadrining amaliy ifodasi
янв.21
🔽Sifatli tibbiy xizmat – aholi salomatligi kafolati
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Yoshlar bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Saylovchilar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati – deputatlar e’tiborida
#24_ta_masala #1_band_ijrosi #Deputat_faoliyati YOSHLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI O‘RGANILDI



📍 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga 22-Sobir Rahimov saylov okrugidan saylangan deputat R. Rahmatovga biriktirilgan Kengash kotibiyati mudiri A. Baxromov tomonidan “Tong Yulduzi” MFYdagi yoshlar yetakchisi Nursulton Axatovning faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida mahallada yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, zamonaviy kasblarga o‘qitish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ijtimoiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
📊 “Tong Yulduzi” MFYda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha:
👥 14–30 yoshdagi yoshlar — 892 nafar;
🎓 Bitiruvchilardan 15 nafari oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirdi;
✅ Yil boshida aniqlangan 5 nafar ishsiz yoshning barchasi bandligi ta’minlandi;
🛠 7 nafar yoshga kasb-hunarga o‘qish uchun yo‘llanma berildi;
💻 8 nafar yosh zamonaviy kasblar, IT texnologiyalari va xorijiy tillarga o‘qitildi;
🚗 1 nafar yoshga haydovchilik guvohnomasini olish uchun 3 mln 295 ming so‘m mablag‘ to‘lab berildi.
🤝 O‘rganish yakunida yoshlarni sport to‘garaklariga keng jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash hamda yoshlar o‘rtasida aniqlangan muammolarni manzilli va samarali hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 3