Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi 1-Altintau saylov okrugi deputati, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi a'zosi Sh.Nazarova hamda Kengash kotibiyati mudiri M.Kamolova tomonidan deputatlik nazorati doirasida Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 3-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida qonun hujjatlari ijrosi holati o‘rganildi.

📚 O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning xavfsizligi va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi holatlariga alohida e’tibor qaratildi.

👧👦 Shuningdek, tarbiyalanuvchilarning ta’lim-tarbiya olishi uchun zarur sharoitlarning yaratilgani, mashg‘ulotlarning belgilangan tartibda olib borilishi hamda pedagog xodimlarning faoliyati bilan bog‘liq masalalar ham ko‘rib chiqildi.

🏫 Tashkilotning moddiy-texnik bazasi, mavjud jihozlar, guruh xonalari va bolalar uchun yaratilgan qulayliklar holati ham o‘rganildi.

📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Deputatlik nazorati — qonunlar ijrosi va aholi manfaatlarini ta’minlashning muhim vositasidir.

Slide 1 of 5