Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
DEPUTATLIK FAOLIYATIDAN

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi kotibiyat mudiri F.Hojiyev tomonidan shahar devonxonasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqarolar va tashkilotlar tomonidan yo‘llanayotgan murojaatlarni qabul qilish, ularni belgilangan tartibda ro‘yxatga olish, mazmun-mohiyatiga ko‘ra tegishli mas’ullarga yo‘naltirish hamda murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi jarayonlariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, murojaatlarni ko‘rib chiqishda fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolariga e’tibor bilan yondashish va qonuniy manfaatlarini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.

O‘rganish yakunida murojaatlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ijro intizomini mustahkamlash hamda fuqarolarning murojaatlariga o‘z vaqtida va asosli javob berish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.

Murojaat — e’tibor va mas’uliyat mezoni. Har bir murojaat ortida insonning muammosi, taklifi yoki qonuniy talabi turadi. Shu bois ularni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 2