Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
Chust tumanida qurilish va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Chust tumanida qurilish va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi kotibiyati mudiri T. Gapparov, viloyat Kengashi deputatlari Q. Murodxonov va shahar Kengashi deputati N. Dehqonov, Chust tumani Kengashi raisi X. Mutallibov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri F. Odashev, tuman Kengashi deputatlari hamda hududiy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari U. Urmanova tomonidan Chust tumanidagi Qayirma mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilgan qurilish-obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishildi.

Ta’kidlash joizki, tuman Kengashining 2025-yil 4-dekabrdagi VII-16-96-6-89-K/25-sonli qaroriga muvofiq, mahalla institutini yanada mustahkamlash hamda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida mahalliy budjetning 2025-yil 3-choragida daromadlar rejasining ortig‘i bilan bajarilgan qismi hisobidan 250 million so‘m mablag‘ ajratilgan.

Mazkur mablag‘lar evaziga Qayirma mahalla fuqarolar yig‘ini uchun zamonaviy yangi ma’muriy bino qurilib, foydalanishga topshirildi. Yangi bino mahalla yettiligi faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aholi murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqish hamda fuqarolarga qulay xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.
 

Slide 1 of 4