Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Vasiylik va homiylik masalalari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Aholi bandligini ta’minlash – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Kambag‘allikdan chiqarish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰E’tibor va g‘amxo‘rlik – inson qadrining amaliy ifodasi
янв.21
🔽Sifatli tibbiy xizmat – aholi salomatligi kafolati
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Yoshlar bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Saylovchilar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati – deputatlar e’tiborida
Namanganda yangi turizm va xizmat ko‘rsatish ko‘chasi barpo etiladi

Namanganda yangi turizm va xizmat ko‘rsatish ko‘chasi barpo etiladi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamalov Shimoliy Farg‘ona kanalining Namangan shahridagi “G‘uncha” mahallasi hududidan o‘tuvchi qismida rejalashtirilayotgan yangi turizm maskani bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur hududning 2 kilometr qismida zamonaviy infratuzilmaga ega, aholi va mehmonlar uchun qulay sharoitlar yaratilgan turizm va xizmat ko‘rsatish ko‘chasini barpo etish ko‘zda tutilgan. Loyiha doirasida hududning mavjud imkoniyatlari, landshaft xususiyatlari hamda uni zamonaviy va jozibador maskanga aylantirish yo‘nalishlari atroflicha muhokama qilindi.

O‘rganish jarayonida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda hududni obodonlashtirish, aholining bandligini ta’minlash, xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish hamda turizm salohiyatidan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida shahar hokimi tomonidan tegishli mutasaddilarga loyiha takliflarini qisqa muddatlarda ishlab chiqish, hududning turistlik jozibadorligini oshirish hamda xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini puxta rejalashtirish yuzasidan aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Mazkur loyiha shaharning turizm salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

 

Slide 1 of 3