Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Vasiylik va homiylik masalalari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Aholi bandligini ta’minlash – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Kambag‘allikdan chiqarish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰E’tibor va g‘amxo‘rlik – inson qadrining amaliy ifodasi
янв.21
🔽Sifatli tibbiy xizmat – aholi salomatligi kafolati
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Yoshlar bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Saylovchilar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati – deputatlar e’tiborida
Olmazor tumani "Umid" MFY hududidagi 219-maktab faoliyati o‘rganildi

219-maktab faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva, 11-Umid saylov okrugi deputati K.Muxitdinova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U.Shopotixov ishtirokida Olmazor tumanidagi 219-sonli umumta’lim maktabiga tashrif amalga oshirilib, ta’lim muassasasidagi mavjud holat va sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktab hududining obodonlashtirilishi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, sport maydonchasining holati hamda ta’lim jarayoni uchun zarur infratuzilmaning holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning xavfsizligini ta’minlash va maktab hududini yanada obod hamda qulay holatga keltirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

📌 Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — ta’lim muassasalaridagi mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralarni belgilash hamda o‘quvchilar uchun munosib sharoitlar yaratishdan iborat.

Slide 1 of 4