Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🔰Piyodalar yo‘lagi va tungi yoritish tizimi – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil makon” — obod mahalla va farovon kelajak sari
янв.21
🔰Ona tilim — faxrim, g‘ururim!
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati va manzilliligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish — deputatlar nazoratida
янв.21
🔽Tomorqadan samarali foydalanish va issiqxona faoliyati – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Texnikum faoliyati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Qozoqonda sport maydonidan samarali foydalanish masalasi – deputat e’tiborida
янв.21
🔽Mahalla binosi qurilishi masalasi — deputat e’tiborida
Yoshlar bilan ishlash va ularning bandligi o‘rganildi

Yoshlar bilan ishlash va ularning bandligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi mutaxassisi T.Murodov tomonidan Mustaqillik MFYda “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar” asosida mahalladagi yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligi, yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning muammo va takliflarini o‘rganish, shuningdek, yoshlarning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, ishsiz yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularni doimiy va mavsumiy ish o‘rinlariga jalb etish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi yoshlarga ko‘maklashish hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berilib, yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.