Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI

 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Ra’no Fozilova tomonidan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Chinoz tumani bo‘limi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida bo‘limning mahallalar bilan hamkorligi, aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish va muammolarni hal etish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish borasidagi ishlari tahlil qilindi.
🏘 Shuningdek, mahallalarda “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish, ehtiyojmand oilalarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan manzilli ishlash hamda davlat dasturlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📋 O‘rganish jarayonida fuqarolar murojaatlarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi, mahallalarda aholi bilan ishlash samaradorligi, mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
🤝 Bundan tashqari, mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada yaxshilash, aholi faolligini oshirish va mahalla tizimining boshqa tashkilotlar bilan hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
✅ O‘rganish yakunida mavjud masalalarni bartaraf etish, mahallalarda aholi bilan ishlashni yanada takomillashtirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.