Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
Biriktirilgan tashkilot faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi

Mahalliy Kengash deputatlarining biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorlikdagi faoliyatini yanada kuchaytirish, qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash hamda tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida joylarda tizimli nazorat-tahlil ishlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Termiz shahar bo‘linmasida bo‘lib, tashkilotning bugungi kundagi faoliyatini tegishli qonun hujjatlari asosida ishlab chiqilgan savolnoma orqali atroflicha o‘rgandilar.

O‘rganish jarayonida tashkilot tomonidan davlat ma’naviy-ma’rifiy siyosatini joylarda samarali amalga oshirish, aholining, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni keng targ‘ib etish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, tasdiqlangan reja va dasturlar ijrosi, hamkor tashkilotlar bilan olib borilayotgan ishlar, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarining samaradorligi, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi.

Nazorat-tahlil davomida tashkilot faoliyatining amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi, belgilangan vazifalar ijrosi va erishilgan natijalar muhokama qilinib, ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Deputatlik nazorati tadbirlari doirasida biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar sifatini yanada oshirishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.