Ertaga sessiya. Oldingizda 50–60 betlik material.
Materialni tahlil qilishda quyidagi savollarga javob izlang:
1️⃣ NIMA O‘ZGARYAPTI (nima ish qilingan va rejalar qanday)?
Qaror qabul qilinsa, amalda nima o‘zgaradi?
2️⃣ QANCHA TURADI (qo‘shimcha manbadan bo‘lsa, huquqiy asoslari to‘g‘ri keltirilganmi)?
Budjetga ta’siri bormi? Mablag‘ qayerdan?
3️⃣ KIM JAVOBGAR?
Ijrochi aniq belgilanganmi?
4️⃣ QACHON NATIJA BO‘LADI?
Muddat bormi yoki faqat “chora ko‘rilsin” deyilganmi?
5️⃣ NAZORAT QANDAY?
Uch yoki olti oydan keyin bu qaror bajarilganini qanday bilamiz?
📌 Shu besh savolga javob yo‘q bo‘lsa, deputatning sessiyada beradigan savoli tayyor.