Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
🔰Faollar seminari.

📌Bugungi kunda mahallalarda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash hamda bandligini taʼminlashda xotin-qizlar faollarining o‘rni beqiyosdir. Mazkur yo‘nalishdagi navbatdagi o‘quv seminari xotin-qizlar faollarining malakasini oshirish va ularga amaliy ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi. Unda Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati G.Anorboyeva ishtirok etdi.

🔸Seminar davomida deputat G.Anorboyeva so‘zga chiqib, mahallalarda xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, ularning muammolarini “mahallabay” o‘rganish va og‘irini yengil qilish borasidagi dolzarb vazifalarga to‘xtalib o‘tdi. Xalq vakili faollarning kundalik ish faoliyatida duch kelayotgan masalalar, xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb etish, ajrimlarning oldini olish va oilaviy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha muhim tushunchalar hamda tavsiyalar berdi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

🌎 kengash.gov.uz 📱 Youtube 📱 Telegram 📱 Facebook

Slide 1 of 4