Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔽Imtiyozli kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Kambag‘allikdan farovonlik sari: “Zarafshon” mahallasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
🔰“Xo‘jaxayron” mahallasida ariqni betonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari to‘garaklarga jalb etiladi
янв.21
🔰Madaniy meros obyektini asrab-avaylash – e’tiborda
янв.21
“Eronshoh” mahallasidagi mikrol loyihalar o‘rganildi
янв.21
🔰XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔰IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI VA AHOLINI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🔰XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🔰Mikroloyihalar va imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish — deputatlik nazoratida
Uy-joy ta’miri bo‘yicha ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 4-“Oq oltin” saylov okrugidan saylangan deputat M.Mamajonov tomonidan “Aziz tepa” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv hamda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘tkazilgan uchrashuv va o‘rganish ishlarida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov, bosh mutaxassislari X.Abdullayev va A.Adxamovlar ishtirok etib, amaliy ko‘mak ko‘rsatdilar.

O‘rganish davomida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 2026-yil 25-maydagi VII-22-42-11-166-K/26-sonli qarori asosida uy-joylarini ta’mirlash uchun mablag‘ ajratilgan fuqarolar xonadonlarida mazkur qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, “Aziz tepa” MFY, Aziz tepa ko‘chasi, 174-uyda yashovchi nogironligi bo‘lgan fuqaro M.Sotvoldiyeva xonadonida olib borilgan “yashil ta’mirlash” ishlari o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida xonadonda amalga oshirilgan ta’mirlash ishlarining sifati, foydalanilgan qurilish materiallarining holati, bajarilgan ishlarning belgilangan talablar va muddatlarga muvofiqligi, shuningdek, fuqaro uchun yaratilayotgan yashash sharoitlari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, ta’mirlash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalar, ishlarni sifatli yakunlash va ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish bo‘yicha mas’ullar bilan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5