Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
Kengash_faoliyati

#biriktirilgan_tashkilot
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#162_ta_Qonunlar_ijrosi

Bandixon tumanida biriktirilgan tashkilot — AT “Xalq banki” filial faoliyati tahlil qilindi

Bandixon tumanida aholiga moliya-bank xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda соhadagi qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida deputatlik nazorati tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Pardayev hamda tuman Kengashi bosh mutaxassisi B.Qurbonov deputatga biriktirilgan tashkilot hisoblangan AT “Xalq banki” Bandixon tumani Bank xizmatlari markazida bo‘ldi.

Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni (O‘RQ–580-son) ijrosini ta’minlash yuzasidan tuzilgan savolnoma asosida filial faoliyati o‘rganildi. Monitoring jarayonida mijozlarga xizmat ko‘rsatish madaniyati, kredit ajratish tartibi va tezkorligi, shuningdek, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish holati atroflicha tahlil qilindi.

Yakunda bank mas’ullari bilan birgalikda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Slide 1 of 1