Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Vasiylik va homiylik masalalari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Aholi bandligini ta’minlash – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Kambag‘allikdan chiqarish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰E’tibor va g‘amxo‘rlik – inson qadrining amaliy ifodasi
янв.21
🔽Sifatli tibbiy xizmat – aholi salomatligi kafolati
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Yoshlar bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Saylovchilar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati – deputatlar e’tiborida
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#19_1_modda
#kengash_raisi
#deputat_faoliyati

Bandixon tumanida 2,65 milliard so‘mlik Salomatlik yo‘lagi hamda yo‘l bo‘yi xizmat ko‘rsatish loyihasi o‘rganildi

Bandixon tumanida aholi turmush sifatini yaxshilash, piyodalar harakat xavfsizligini ta’minlash hamda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirishga qaratilgan infratuzilma loyihalari keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-49-sonli qarori ijrosi doirasida Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi raisi E.N.Jurayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov D-167 4R-100 avtomobil yo‘li bo‘yida olib borilayotgan bunyodkorlik ob’ektida bo‘ldilar.

Loyiha-smeta hujjatlariga asosan, umumiy qiymati 2,65 milliard so‘mni tashkil etuvchi mazkur ob’ekt Bektepa, Bandixon va Saroy MFYlar hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘li bo‘yida joylashgan bo‘lib, unda Salomatlik yo‘lagi, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmualari qurilishi, quyosh panellari asosida ishlovchi tungi yoritgichlar hamda dam olish o‘rindiqlarini o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

O‘rganishlar davomida Kengash raisi tomonidan qurilish me’yorlariga rioya etish, ish sifatini ta’minlash hamda loyihani belgilangan muddat — 2026-yilning 11-noyabriga qadar to‘liq yakunlab foydalanishga topshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Ob’ektning yakunlanishi tuman Kengashi nazoratiga olingan.

Slide 1 of 4