Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_okrugdagi_o'rganish #_kotibiyat_xodimi_faoliyati Aholi murojaatlari — deputat nazoratida

#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
#_okrugdagi_o'rganish
#_kotibiyat_xodimi_faoliyati
Aholi murojaatlari — deputat nazoratida


Fuqarolarning murojaatlari, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish va o‘z vaqtida yechim topish — xalq deputatlari Kengashi deputatlarining muhim vazifalaridan biridir.

Shu maqsadda xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining “8-G‘alaba” saylov okrugidan saylangan deputat X.Melikov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Nasriddinov tomonidan “Do‘stlik” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan muloqot qilinib, ular tomonidan ko‘tarilgan kommunal xizmatlar, obodonlashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar va boshqa dolzarb muammolar atroflicha o‘rganildi.

Aniqlangan muammolar har bir xonadon va murojaat kesimida manzilli tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi. Fuqarolarga mavjud masalalarni hal etish tartibi yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, muammolarni ijobiy hal etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Shuningdek, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarning ijrosini nazoratga olish, ularning yechimi yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish belgilandi.

Aholi bilan ochiq muloqot va joylardagi muammolarni o‘rganish ishlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 2