35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi – deputat nazoratida
янв.21
Ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolar e’tiborda
янв.21
Navgadi mahallasida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi o‘rganildi
янв.21
🔰Ko‘p qavatli uylar atrofidagi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
🔰Bolalar salomatligi – doimiy e’tiborda
янв.21
🔰Xalqaro ta’lim dasturi doirasidagi faoliyat o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 21-25 sentabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
Mikroloyihalar ijrosi – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar infratuzilmasi – deputatlar e’tiborida
IJTIMOIY SOHA OBYEKTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

Kuz-qish mavsumini ijtimoiy soha obyektlarida barqaror, xavfsiz va qulay sharoitda o‘tkazish, ayniqsa, ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchi bolalar uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash muhim vazifalardan biridir.
👌 Shu maqsadda Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputatlari tomonidan o‘zlari saylangan saylov okruglaridagi ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati jamoatchilik asosida o‘rganilmoqda.
👌 Mazkur o‘rganishlardan asosiy maqsad — obyektlarning mavsumga qay darajada tayyorligini joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirish, mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash, ularni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishdan iborat.
🇺🇿 Jumladan, Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 24-“Tolbuloq” saylov okrugidan saylangan deputat Uboydullayeva Yulduz Abrorjonovna tomonidan okrug hududida joylashgan 25-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
🔥 O‘rganish davomida:
·         ♨️ tashkilotning isitish tizimi;
·         🏭 qozonxona va isitish uskunalarining texnik holati;
·         🌡 issiqlik uzatish tarmoqlarining sozligi va samaradorligi;
·         🔥 tabiiy gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalar;
·         🧯 yong‘in xavfsizligi vositalari va talablariga rioya etilishi
atroflicha ko‘zdan kechirildi.
👌 O‘rganish jarayonida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish, isitish tizimlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash hamda tarbiyalanuvchilar uchun iliq, xavfsiz va qulay muhit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
👌 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — faqatgina isitish tizimlarini ishga tayyorlash bilan cheklanmaydi. Bu, avvalo, bolalar salomatligi va xavfsizligi, ta’lim-tarbiya jarayonining uzluksizligi hamda muassasalarda munosib sharoitlarni ta’minlash demakdir.
👌 Deputatlar tomonidan olib borilayotgan bunday o‘rganishlar jamoatchilik nazoratining muhim shakli bo‘lib, ijtimoiy soha obyektlaridagi mavsumiy tayyorgarlik ishlarining haqiqiy holatini joyiga chiqqan holda baholash, aniqlangan kamchiliklarni mas’ullar e’tiboriga yetkazish va ularning bartaraf etilishi ustidan nazorat olib borish imkonini bermoqda.
🔥 O‘rganish davomida aniqlangan muammo va kamchiliklar tegishli mutasaddi tashkilotlarga yetkazilib, ularni bartaraf etish yuzasidan zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha jamoatchilik nazorati o‘rnatildi.
🔥 Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish — umumiy mas’uliyat.
Har bir ijtimoiy soha obyektida issiqlik va xavfsizlik ta’minlanishi,
har bir bola uchun qulay sharoit yaratilishi,
aniqlangan har bir muammo o‘z vaqtida bartaraf etilishi — doimiy e’tiborda.

Slide 1 of 5