Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #6_band #162_qonun #Kengash_raisi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Mahallalarda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, oilalarni mustahkamlash hamda xotin-qizlar o‘rtasida tazyiq va zo‘ravonlikning barvaqt oldini olish — xalq vakillarining doimiy diqqat-markazida!

Mahalla faollari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishdan so‘ng, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, Kengashning 21-“Jo‘yjangal” saylov okrugi deputati G.Xudaykulova okrugiga qarashli “Jo‘yjangal” mahallasida bo‘lib Xotin-qizlar faolining amaliy faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etilib, Oʻzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida” O‘RQ-561-sonli Qonuni asosida tahlil qilindi.

Mas’ullar tomonidan xotin-qizlar faolining amaliy ishlari atroflicha tahlil qilindi:

Tazyiq va zo‘ravonlik profilaktikasi: Oila-turmush munosabatlarida nizo va tazyiqqa uchragan xotin-qizlarni aniqlash hamda ularga "Himoya orderi" berilishi holati;

"Ayollar daftari": Daftarga kiritilgan xotin-qizlarga ijtimoiy, huquqiy va moddiy ko‘mak ko‘rsatish manzilliligi;

Bandlik va tadbirkorlik: Ishsiz ayollarni daromadli mehnatga jalb etish, kasanachilik va hunarmandchilikka o‘qitish;

Oila ma’naviyati: Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan ishlash hamda mahallada sog‘lom oilaviy muhitni shakllantirish.

O‘rganishlar yakunida Kengash raisi D.Normuradova Xotin-qizlar faoliga mahalladagi har bir ayolning muammosiga bee’tibor bo‘lmaslik, nizo kelib chiqayotgan oilalar bilan barvaqt ishlash hamda O‘RQ-561-sonli Qonun ijrosini qat’iy ta’minlash bo‘yicha tegishli deputatlik tavsiya va ko‘rsatmalarini berdi.

Xotin-qizlar huquqi va oila barqarorligi — deputatlik nazoratida!