Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” — obod va farovon mahallalardan boshlanadi

Termiz shahrida mahallalar qiyofasini yanada obod va ko‘rkam qilish, aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish hamda “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ni mahallalardan boshlab shakllantirish borasidagi deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 10-“Navro‘z” saylov okrugi deputati X.Xolmuminov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov tomonidan “Navro‘z” mahallasida hududning obodonligi, sanitariya holati va mavjud muammolarni aniqlashga qaratilgan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur jarayon Oliy Majlis Senati tomonidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “Eng muhim 24 ta yo‘nalish” mezonlari doirasida tashkil etilib, hududlarni obodonlashtirish, aholi uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Nazorat jarayonida mazkur mezonlarning 13-bandida belgilangan talablar asosida boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi, ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (pod’yezdlar), ularga tutash hududlarning tozaligi va obodonligi, shuningdek, yoritilish holati bevosita joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, hududdagi obodonlashtirish ishlarining amaldagi holati tahlil qilinib, aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish, mavjud infratuzilmani yaxshilash hamda mahalla hududini yanada ko‘rkam va shinam maskanga aylantirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 3