Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
#Deputat_so‘rovi #Kuz_qish_mavsumi #Sog‘liqni_saqlash

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 20-“Sayrak” saylov okrugidan saylangan deputati Egamberdiyev Abror Ergashovich tomonidan “Sayrak” mahallasi hududida joylashgan 60-sonli oilaviy poliklinikaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati va isitish tizimi bevosita joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ushbu tibbiyot muassasasida foydalanib kelinayotgan isitish qozonlari yaroqsiz holatga kelib qolgani, bu esa kelgusi kuz-qish mavsumida binoni me’yorida isitish va aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishda qiyinchiliklar tug‘dirishi aniqlandi.

Shu munosabat bilan deputat A.Egamberdiyev tomonidan Oltinsoy tumani hokimining o‘rinbosari T.Chorshanbiyevga rasmiy deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat so‘rovida quyidagi masalalar ilgari surildi:
60-sonli oilaviy poliklinikani kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash;

Yaroqsiz holatga kelgan isitish qozonlarini yangisiga almashtirish va yangi isitish qozonini o‘rnatish;

Kuz-qish mavsumida muassasada issiqlik tizimining barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlash.

Mazkur masalaning ijobiy hal etilishi deputatlik nazoratiga olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 4