Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” yo‘nalishida o‘rganish ishlari olib borildi

#deputat_faoliyati #Yangi_Ozbekiston_qiyofasi
#deputat_okrugida

“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” yo‘nalishida o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 17-Bog‘iston saylov okrugidan saylangan deputat U. Xo‘shboqov o‘zi saylangan saylov okrugidagi “Bog‘iston” mahallasida har bir ko‘cha va xonadonni “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ga keltirish, hududlarni obodonlashtirish hamda mavjud muammolarni aniqlash bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganish davomida mahalladagi tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan ham tanishilib, aholiga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Jumladan, nonvoyxona tashkil etilgani, shuningdek, milliy taomlar tayyorlash va aholiga xizmat ko‘rsatish shoxobchalari faoliyati o‘rganildi.

Shuningdek, hududning obodonlashtirilganlik holati, ko‘chalar va xonadonlar atrofidagi tozalik, mavjud infratuzilma hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlarni yaxshilash masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida aniqlangan mavjud muammolar va kamchiliklarni bartaraf etish, hududni yanada obod va ko‘rkam qiyofaga keltirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Masalalar deputatlik nazorati doirasida e’tiborga olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4