Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
#24_ta_masala #Deputat_daftar

“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” dasturi doirasida aholi murojaatlarini o‘rganish, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni joyida aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlash maqsadida deputat tomonidan saylov okrugida o‘rganish tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 6-“Karsagan” saylov okrugidan saylangan deputati Sattarov To‘lqin Turg‘unovich tomonidan saylov okrugidagi xonadonlarga uyma-uy tashrif buyurilib, fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar atroflicha tahlil qilinib, ularni hal etish imkoniyatlari va mas’ul tashkilotlarning vakolatlari belgilab olindi.

Aniqlangan muammolarni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish, ularning ijrosini ta’minlash hamda natijadorligini nazorat qilish maqsadida tegishli tashkilot va idoralarga deputatlik so‘rovlari yuborish bo‘yicha kelishib olindi.

Shuningdek, fuqarolar bilan ochiq muloqot davomida hududdagi ijtimoiy va infratuzilmaga oid masalalar yuzasidan takliflar ham tinglandi.

📌 Bunday amaliy o‘rganishlar aholini qiynayotgan muammolarni bevosita xonadonbay o‘rganish, fuqarolarning murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda muammolarga amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

🤝 Deputat va aholi o‘rtasidagi bevosita muloqot — mavjud muammolarni aniqlash va ularni samarali hal etishning muhim omilidir.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3