Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
“Temiryo‘lchi” mahallasida obodonlashtirish holati deputatlik nazoratida!

Aholi bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot davomida bildirilgan taklif va murojaatlarning amaliy yechimini ta’minlash maqsadida “Temiryo‘lchi” mahallasi hududida obodonlashtirish holatini joyiga chiqqan holda o‘rganish tashkil etildi.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati X.Fayzullayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov mahalla faollari ishtirokida hududdagi ko‘chalar, aholi yashash hududlari hamda umumiy foydalanish joylarini bevosita ko‘zdan kechirdilar.

O‘rganish davomida tozalik va sanitariya holati, chiqindilarni olib chiqish, ariqlar va drenaj tarmoqlarining ahvoli, shuningdek, yashil hududlarni saqlash va ko‘kalamzorlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Aniqlangan muammoli nuqtalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Yakunida hududdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, ariqlarni tozalash hamda yashil maydonlarni parvarishlash bo‘yicha mahalla mas’ullariga tegishli vazifalar belgilab berildi. Ularning ijrosi deputatlik nazorati asosida kuzatib boriladi.

Slide 1 of 2