Shirin shahar Yoshlar markazida “Xalq bilan birga” shiori ostida ishbilarmon ayollar o‘rtasida ko‘rik-tanlov tashkil etildi.
Tadbir doirasida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Sirdaryo viloyati Kengashi vakillari hamda Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati M. Salimova ishtirokida tanlovda qatnashayotgan faol tadbirkor ayollarning ko‘rgazmalari ko‘zdan kechirildi va ularning faoliyati o‘rganildi.
Ko‘rgazmada tadbirkor ayollar tomonidan yo‘lga qo‘yilgan ishlab chiqarish, hunarmandchilik, xizmat ko‘rsatish hamda boshqa yo‘nalishlardagi loyihalar namoyish etildi. Ishtirokchilarning tashabbuslari, mahsulotlari va faoliyatida erishilayotgan natijalar bilan yaqindan tanishildi.
Muloqotlar davomida tadbirkor ayollarning taklif va mulohazalari tinglandi!