#Deputat_faoliyati
Tuman Kengashi deputati F. Radjapova o‘z saylov okrugidagi Amir Temur mahallasidan murojaat qilgan fuqaroning muammosini joyiga chiqib o‘rgandi.
♻️ Deputat fuqaro bilan suhbat jarayonida uning tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish maqsadida kredit olish istagi borligini, bu masalada bir necha bor tumandagi bank filiallariga murojaat qilganini, lekin natijasi ijobiy bo‘lmaganini aniqladi.
📝 Murojaatni batafsil o‘rgangan deputat fuqaroning kredit olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish, mavjud muammolarni aniqlash hamda masalani qonuniy tartibda hal etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlik qilish choralarini belgiladi.
🤝 Shuningdek, fuqaroning murojaati deputatlik nazoratiga olinib, kredit ajratish masalasini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.