Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#Deputat faoliyati#

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati Nilufar Fatullayeva,  Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati xodimlari bilan birgalikda “Boliob” mahalla fuqarolari yig’inidagi aholisi bilan uchrashishdi.

Uchrashuvda Boliob, Qirg‘ichi, Qishloqcha, Oltin ko‘za qishloqlarida yashovchi aholining muammolari o‘rganildi. 

Jumladan: Qishloqcha qishlogʼidagi qabristonga boruvchi 1200 metr masofadagi yoʼlni taʼmirlash, Oltinkoʼza qishlogʼi aholisi soni ortib borayotganligi sababli qoʼshimcha transformator oʼrnatish, hududdagi yaroqsiz simyog‘ochlarni yangilash, aholi yashash xonadonlariga tushub qolgan simyog‘ochlarni koʼchaga chiqarish hamda Boliob mahallasi hududida maktabgacha taʼlim tashkiloti mavjud emasligi mаsalalari ko'tarildi.

Slide 1 of 9