35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi – deputat nazoratida
янв.21
Ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolar e’tiborda
янв.21
Navgadi mahallasida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi o‘rganildi
янв.21
🔰Ko‘p qavatli uylar atrofidagi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
🔰Bolalar salomatligi – doimiy e’tiborda
янв.21
🔰Xalqaro ta’lim dasturi doirasidagi faoliyat o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 21-25 sentabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
Mikroloyihalar ijrosi – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar infratuzilmasi – deputatlar e’tiborida
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: TA’LIM MUASSASALARIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI

Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalarning 11-band ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi. Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Ahmedov Shuhrat Murotovich tomonidan mahalla hududida joylashgan 317-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi hamda 188-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida muassasalar rahbariyati bilan uchrashilib, binolarda yaratilgan shart-sharoitlar, isitish tizimi, elektr ta’minoti, suv va boshqa kommunikatsiya tizimlarining holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, kuz-qish mavsumida ta’lim muassasalarining barqaror va xavfsiz faoliyat yuritishini ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda bolalar va o‘quvchilar uchun yanada qulay muhit yaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlari tomonidan ta’lim muassasalaridagi mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimini ta’minlash borasidagi o‘rganishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 2