Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi – deputat nazoratida
янв.21
Ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolar e’tiborda
янв.21
Navgadi mahallasida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi o‘rganildi
янв.21
🔰Ko‘p qavatli uylar atrofidagi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
🔰Bolalar salomatligi – doimiy e’tiborda
янв.21
🔰Xalqaro ta’lim dasturi doirasidagi faoliyat o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 21-25 sentabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
Mikroloyihalar ijrosi – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar infratuzilmasi – deputatlar e’tiborida
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat mudiri M. Kamolova tomonidan Tuman madaniyat uyida joylashgan kutubxona faoliyati o‘rganildi.

🔹 O‘rganish davomida kutubxonaning bugungi kundagi faoliyati, kitob fondining holati, mavjud adabiyotlarning saqlanishi va kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish sifati ko‘zdan kechirildi.
🔹 Shuningdek, aholining, ayniqsa, yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni muntazam ravishda mutolaaga jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

📖 Kutubxonaga tashrif buyuruvchi kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar, kitoblarni elektron va an’anaviy shaklda izlash hamda foydalanish imkoniyatlari, yangi adabiyotlar bilan fondni boyitish holatiga ham alohida e’tibor qaratildi.

🔹 O‘rganish jarayonida kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish, kitobxonlar sonini ko‘paytirish va yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng targ‘ib qilish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

📌 Kitobxonlik — inson ma’naviy kamolotining muhim omili. Shu bois hududda aholining kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish va kutubxonalardan samarali foydalanishni ta’minlash borasidagi ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.

Slide 1 of 4