Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
“Davronbek” mahallasidagi korxona faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 5-“Istiqlol” saylov okrugidan saylangan deputat, shahar hokimi M.Usmonov hamda 11-“O‘rmonbog‘” saylov okrugidan saylangan deputat N.Shomatov tomonidan “Davronbek” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan “Kokand biznes” korxonasi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida korxonaning bugungi kundagi faoliyati, ishlab chiqarish imkoniyatlari, mavjud ish o‘rinlari hamda kelgusidagi rivojlanish istiqbollari bilan yaqindan tanishildi. Korxona rahbariyati bilan muloqot davomida ayni paytda 15 nafar ayol-qiz doimiy ish bilan ta’minlangani ma’lum bo‘ldi.

Uchrashuv davomida korxona faoliyatini yanada rivojlantirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish masalalari muhokama qilindi.

Ayniqsa, mahalladagi yoshlarni zamonaviy kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kelgusida bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida korxonaning ishlab chiqarish salohiyatini yanada oshirish, yangi loyihalarni amalga oshirish, eksport hajmini kengaytirish hamda qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish orqali mahallada aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3