Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
Kambag‘allikni qisqartirish shtabi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva tomonidan shaharda aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, Kambag‘allikni qisqartirish shtabi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Mazkur shtab faoliyatiga Qo‘qon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari O.Qurbonov rahbarlik qilmoqda.

10-sentabr holatiga ko‘ra, Qo‘qon shahri bo‘yicha ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolar soni jami 5 975 nafarni tashkil etmoqda.

Aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha shahar hokimining tegishli qarori asosida ishchi guruhlar shakllantirilib, kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan amalga oshiriladigan ishlar ko‘lami belgilab olingan.

Shahardagi 68 ta mahalla 4 ta guruhga biriktirilib, har bir guruh kesimida ishchi guruhlar tomonidan manzilli ishlar olib borilmoqda. Asosiy e’tibor ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning holatini chuqur o‘rganish, ularning muammolarini aniqlash va mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, oilalarni kambag‘allikdan chiqarish choralarini ko‘rishga qaratilgan.

️Shuningdek, reyestrga kiritilgan oilalar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning bandligini ta’minlash, doimiy daromad manbalarini shakllantirish hamda ijtimoiy holatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar har kuni monitoring qilib borilmoqda.

O‘rganish davomida shtab tomonidan olib borilayotgan ishlarni yanada tizimli tashkil etish, har bir oila bilan individual ishlash, belgilangan vazifalarning ijrosini nazorat qilish va natijadorlikni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6